«Barselona» qarzlarini to'lash yo'lini topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

«Barselona»ning shu paytgacha to'planib qolgan qarzlarining bir qismini, aniqrog'i, 1,5 milliard evroni Dubaydan noma'lum kompaniya to'lab berishi mumkin.
Sport.es xabariga ko'ra, BAA ishbilarmonlari hozirda «ko'k-anorranglilar» qarzini to'lashga va kataloniyaliklarga 2 yildan 12 yilgacha kredit berishga tayyor.
Ushbu moddiy yordam «Barsa»ga transferlar siyosatini erkin yuritishga yordam beradi, deb xabar beradi manba.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» La Liga turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. Shu bilan birga, jamoa zaxirasida bitta o'yin ham bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246