Raneri A seriyaga qaytishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Italiyalik murabbiy Klaudio Raneri A seriya klubida ish boshlashi mumkin. Tajribali mutaxassis "Bolonya" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ushbu klub yangi mavsumning dastlabki 6ta o'yinida 2tadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etdi. Natijada bosh murabbiy Sinisha Mixaylovichning lavozim kursisi qimirlab qoldi. "Bolonya" 7-turda "Latsio"ga yutqazsa, jamoada murabbiy almashishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Klaudio Raneri yozda "Sampdoriya"ni tark etgan edi. Bungacha u A seriyaning "Kalyari", "Napoli", "Fiorentina", "Parma", "Yuventus", "Roma" (ikki marta) va "Inter" klublarida ishlashga ulgurgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247