«Barselona» sardorlardan biri bilan shartnomani uzaytira olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Barselona" yarim himoyachisi Serji Roberto mavsm so'ngida jamoani tark etishi mumkin.
Insayder Matteo Moretto xabar tarqatishicha, kataloniyaliklarning 29 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida urinishlari besamar ketdi. Klub unga maoshini 30 foizga kamaytirgan holda ikki yillik shartnoma taklif qilgandi, ammo Roberto bu taklifga rad javobini berdi.
Manbaga ko'ra, "Barsa" keyinroq ushbu masalaga yana qaytadi. Eslatib o'tamiz, Serji Robertoning "Barselona" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196