Moriba «Leyptsig»ga o'tganidan buyon hali birorta rasmiy o'yinda ishtirok etmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Yarim himoyachi Ilaysh Moriba «Barselona»dan «Leyptsig»ga o'tganidan buyon muammolar girdobiga tushib qoldi.
18 yoshli futbolchi ayni paytda germaniyaliklar bosh murabbiyi Jessi Marshning rejalaridan o'rin olmagan. 16+6 million evroga xarid qilingan futbolchi jamoa safida hali birorta rasmiy o'yinda ishtirok etmadi. U faqat 2ta uchrashuvda qaydnomaga kiritildi.
Eslatib o'tamiz, Moriba «Barselona» taklif qilgan yangi shartnoma rozi bo'lmagan va klubdan ko'proq pul talab qilgan edi. Oqibatda, kataloniyaliklar bir yildan so'ng erkin agentga aylanadigan futbolchini sotib yuborishga qaror qilishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191