APL. «Brayton» peshqadamga aylana olmadi, ammo so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Mavsumni yaxshi boshlagan «Brayton» klubi, mazkur turda ba'zi etakchi jamoalarning ochko yo'qotishi oqibatida, peshqadamlikni qo'lga olishi mumkin edi. Ammo «Kristal Pelas»ga qarshi o'yinda jamoa g'alaba qozona olmadi.
Bahsning birinchi bo'limiga qo'shib berilgan daqiqalarda "Pelas" penalti ishladi va uni Zaa golga aylantirib, hisobni ochdi.
«Brayton» esa ikkinchi taymga qo'shib berilgan 5-daqiqada gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Natijada bu jamoa 13 ochko bilan jadvalda 5-o'rinni egallab turgan bo'lsa, «Kristal Pelas»ning ochkolari 6taga etdi.
Angliya chempionati, 6-tur
Kristal Pelas – Brayton 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 45+2, penalti Zaa, 1:1 – 90+5 Mope.
Kristal Pelas – Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, Gallaxer, Milivoevich (Kuyate, 72), Makartur, Ayyu (Shlupp, 86), Eduar (Benteke, 72), Zaa.
Brayton – Sanches, Daffi, Dank, Bern (Alsate, 46; Moder, 65), Veltman, Gross, Lallana, Kukurelya, Trossard, Mope, Uelbek (Konnolli, 76).
Ogohlantirishlar: Lallana (28), Kukurelya (77), Trossard (81), Gallaxer (84), Makartur (90), Sanches (90).

Bosh sahifaga
193