Ro'ziqul Berdiev: «Ortiqcha e'tirozga haqqim yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

«Nasaf» bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev «Bunyodkor»ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Bunyodkor»ni o'yindan avval yaxshilab o'rganib chiqqanmiz. Qanday kamchiliklari borligi menga yaxshi tanish. Menimcha, ko'rsatmalarni yigitlar yaxshi bajarishdi, vaziyatlardan unumli foydalandik. Kuchli tayyorgarligimiz sababli ushbu hisobga erishdik.
Birinchi bo'limda To'raevga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatish kerakligi borasida ancha e'tiroz bildirdim. Ushbu hodisani barcha muxlislar ham ko'rib turishardi.
Biroq barcha hakamning o'z pozitsiyasi bor va ular bir narsaga asoslanishganki, bunday qarorga kelishgan. Buning ustiga o'yinda VAR ishladi va ortiqcha e'tiroz bildirishga haqqim yo'q. Barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman», - deydi Berdiev.
Eslatib o'tamiz, «Nasaf» ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari sonini 36 taga etkazib olib, 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

Bosh sahifaga
226