Messi 11 yildan beri kamida 35ta gol urmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6408

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Lion»ga qarshi o'yinda (5:1) ikkita gol urdi.
Argentinalik futbolchi «ko'k-anorranglilar» safida ushbu mavsumda kiritgan to'plari soni 36taga etdi. Shu tariqa, Lionel ketma-ket 11 mavsumdan beri kamida 35ta gol urib kelmoqda.
Shuningdek, Messi EChL doirasida «Kamp Nou»da o'tkazilgan o'yinlarda 61 marta maydonga tushib, 62ta gol urgan. Uning Chempionlar ligasidagi jami gollari soni 108taga etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194