Shuhrat Maqsudov: “Futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch yo'qolib qoldi”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Nasaf” — “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov o'z fikrlarini bildirdi.
- "Nasaf" jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda, ushbu musobaqada ham ularga omad. Bugungi mag'lubiyatning sababi haqida hozir bir narsa deya olmayman. Uchrashuv boshida futbolchilarimga nima bo'ldi, o'zim ham hayronman. Juda sust harakat qilishdi va o'ziga bo'lgan ishonch yo'qolib qoldi. Bugun "Nasaf" tarkibidagi eng yaxshi futbolchi - "Nasaf"ning barcha futbolchilari. Keyingi o'yinlarda ularga omad!
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192