Superliga. «Lokomotiv» Toshkentda so'nggi daqiqalarda belgilangan penalti sabab irodali g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Biroz oldin Superliga 20-turidan o'rin olgan «Lokomotiv» hamda «Mash'al» jamoalari o'rtasidagi bahs yakuniga etdi.
Unda toshkentliklar raqibi ustidan irodali g'alabaga erishdi (2:1). Dastlab Okvara Godvin Chika 34-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, keyinchalik Jasur Jaloliddinov 51-daqiqada muvozanatni tikladi. 90+6 daqiqada esa Temurxo'ja Abduxoliqov g'alaba goliga mualliflik qildi.
Endi «temiryo'lchilar» 29 ochko bilan 6-o'ringa ko'tarilib olgan bo'lsa, «Mash'al» 18 ochko bilan 11-o'ringa qoldi.
LOKOMOTIV – MASh'AL 2:1
Gol: Godvin Chika Okvara 34, - 0:1 (Samuel Chigozi). Jasur Jaloliddinov 51, - 1:1 (Kaxi Maxaradze). Temurxo'ja Abduxoliqov 90+9 penalti, - 2:1.
"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov, 37. Sherzod Fayziev, 3. Islom Qobilov, 20. Jaloliddin Jumaboev (27. Islom Rashidxonov, 46), 28. Shuhrat Muhammadiev (22. Samuel Ope, 80), 5. Kaxi Maxaradze, 19. Jasur Jaloliddinov, 21. G'ulom Haydar G'ulomov, 77. Diyor Turopov (4. Dilshod Komilov, 90+9), 14. Aziz Amonov (54. Igor Chikrizov, 72), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov
Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 7. Sadriddin Abdullaev, 10. Marat Bikmaev, 45. Nurmuhammad Toshpo'latov,
"Mash'al": 35. Dostonbek To'xtaboev, 2. Zafarbek Akramov (18. Abbos Shodmonov, 74), 5. Najmiddin Normurodov, 9. Oybek Nurmatov (99. Jahongirbek Abdusalomov, 77), 10. Godvin Chika Okvara, 11. Samuel Chigozi (19. Qahramon Bahodirov, 88), 13. Shahzod Shaymanov (15. Muhammad Aliqulov, 77), 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 22. Sirojiddin Qo'ziev, 23. Samandar Shukurillaev, 27. Muhammad Yuldashev (33. Sirojiddin Allaev, 88).
Zaxira: 1. Botir Nosirov, 67. Zoyirjon Tursunov, 88. Asadbek Jo'raqulov, 97. Ruslan Xojiev,
Ogohlantirishlar: Godvin Okvara Chika 63, Jasur Jaloliddinov 64, Jamoliddin Ubaydullaev 90+10, Sirojiddin Allaev 90+10.

Bosh sahifaga
187