Ishsiz Gattuzoga APLdan taklif tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

«Milan» va «Napoli» sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Stiv Bryus o'rniga «Nyukasl» bosh murabbiyi bo'lishi mumkin, deb xabar beradi Calcio Mercato.
Manbaga ko'ra, inglizlar rahbariyati hozirgi murabbiydan norozi va allaqachon unga o'rinbosar izlay boshlagan.
Ma'lum bo'lishicha, aynan Gattuzo bu lavozimga asosiy da'vogar sifatida ko'rinmoqda. Yozda italiyalik mutaxassis «Tottenxem»ni boshqarishga yaqin edi, lekin tomonlar bu borada o'zaro kelisha olishmadi.
Eslatib o'tamiz, Gattuzoning oxirgi ish joyi «Fiorentina» edi. Uning qo'l ostida jamoa birorta ham rasmiy o'yin o'tkazmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193