«PSJ»ga qarshi bahsni «Man Siti» futbolchisi o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

«Manchester Siti» klubi yarimhimoyachisi Ilkay Gyundogan Chempionlar ligasining navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Ilkay guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan «Pari Sen-Jermen»ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda «shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola klub tvitterida ma'lum qilgan.
Futbolchining holati haqida esa hali ma'lumot berilgani yo'q. PSJ - «Manchester Siti» uchrashuvi 28 sentyabr kuni Parijda, Toshkent vaqti bilan 22:00 da bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
353