Reshfordga mashg'ulotlarini boshlashga ruxsat berilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford o'z tvitterida elka operatsiyasidan keyin sog'lig'i haqida gapirdi. Tez orada futbolchiga kontakt mashg'ulotlarini boshlashga ruxsat berilishi mumkin.
«Xayrli kun! Juma kuni shifokor bilan maslahatlashishni rejalashtirganman. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, menga kontakt mashg'ulotlarini boshlashga ruxsat beriladi», - deb yozdi Reshford.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda futbolchi jamoaning birorta o'yinida qatnashmadi. Iyul oyining oxirida u taxminan uch oyni o'tkazib yuborishi haqida xabar berilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!