Spaletti: «Bundan ham yaxshiroq o'ynash qo'limizdan keladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

«Napoli» bosh murabbiyi Luchano Spalletti ushbu mavsumda Skudetto uchun kurash haqidagi taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
Neapolliklar A Seriya bahslarini 6 uchrashuvdagi 6 g'alaba bilan boshladi va chempionat peshqadamiga aylangan.
«Biz bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz kerak va bu qo'limizdan keladi. Hozirda jamoamizdan ko'pchilikning umidi juda katta.
Keling, «Napoli»ni butun mavsum davomida qanday ko'rinishda o'yinlarni davom ettirishiga e'tiborimizni qaratamiz. Hozirda ushbu titul uchun etti klub da'vogarlik qilmoqda. Bizga ancha qiyin bo'ladi»,- deydi Spalletti.
Ma'lumot uchun, «Napoli»ning keyingi raqibi «Fiorentina» klubi bo'ladi. Uchrashuv 3 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349