Ibrahimovich «Atletiko»ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan «Atletiko»ga qarshi bahsgacha tiklanishga ulgurmaydi, deya xabar tarqatdi "La Gazzetta dello Sport".
Manbaga ko'ra, shvetsiyalik futbolchi faqatgina oktyabrdagi FIFA kunlari bilan tanaffusdan so'ng safga qaytadi.
Zlatan joriy mavsumda bor-yo'g'i 30 daqiqa o'ynadi, shunga qaramay, «Latsio» darvozasiga bitta gol urdi. Ammo shu o'yindan keyin unda jarohat aniqlandi. Ibrahimovich hozirda individual ravishda shug'ullanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
162