Pedro tarixiy natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

«Latsio» vingeri Pedro Rodriges A Seriyaning 6-turida «Roma» ga qarshi o'yinda gol urdi. Uchrashuv 3:2 hisobida «burgutlar» foydasiga hal bo'ldi.
Ispaniyalik futbolchi «Roma» va «Latsio» tarkibida o'ynab turib, ikkala jamoa safida ham «Rim derbisi»dagol urgan uchinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi. Undan oldin Arne Selmonsson va Aleksandar Kolarov bunday natija qayd etishgandi.
Eslatib o'tamiz, Pedro 40 yil ichida Rimning bir klubidan boshqasiga o'tgan birinchi futbolchi bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174