EChL. 2009 yilda tashkil topgan klub to'rtinchi mavsum musobaqada ishtirok etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

So'nggi mavsumlarda Evropa Chempionlar Ligasida yaxshi o'yin ko'rsatayotgan «Leyptsig» jamoasi bu mavsum ushbu ishni davom ettirishga harakat qilib ko'radi. Ammo, bu safar yanada qiyin guruh va undan chiqish uchun Germaniya klubi anchagina ter to'kishiga to'g'ri keladi.
UEFA reytingi (2020/21 yakuni): 21
Qanday etib kelishdi: Germaniya vitse-chempioni
O'tgan mavsum: nimchorak final (mag'lubiyat, umumiy 0:4 «Liverpul»)
Evrokuboklardagi eng yaxshi natijasi: yarim final (2019/20)
Bosh murabbiy: Jessi March
Amerika Qo'shma Shtatlarida tug'ilgan murabbiy dastlab Evropada «Zalsburg» klubini boshqargan va ketma-ket ikki marta Avstriya chempioni bo'lgan. Shundan keyin esa «Leyptsig» jamoasidan taklifni qabul qilgan. Uning hozirgi vazifasi - «Bavariya»ga o'tib ketgan Yulian Nagelsmanning o'rnini to'ldirish. Bu oson topshiriq emas, ammo futbolda deyarli hamma narsa bo'lishi mumkin.
Asosiy o'yinchi: Dani Olmo
2019 yilda Ispaniya yoshlar termasi bilan Evropa chempioni bo'lgan «Barselona» tarbiyalanuvchisi Zagrebning «Dinamo»sida 5 yillik faoliyatdan keyin o'tgan yili «Leyptsig» safiga borib qo'shildi. Evro-2020 musobaqasida Ispaniyaning eng yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchilaridan biri, hujumkor yarim himoyachi ushbu yozni Olimpiadaning kumush medali bilan yakunladi.
Yozgi eng katta xaridi: Andre Silva
Frankfurtning «Ayntraxt» klubida 32 o'yinda 28 gol kiritganidan keyin, portugaliyalik hujumchiga talab juda yuqori bo'ldi. «Leyptsig» u bilan shartnoma imzoladi va bu kelishuv o'tgan yili yozda «Chelsi»ga o'tib ketgan Timo Vernerning markazda yakunlovchi zarbani beradigan nuqtani yopishi uchun katta qo'shimcha bo'lishi mumkin.
O'yinini ko'rish kerak: Brayan Brobbey
O'tgan yili «Ayaks» kattalar jamoasidagi debyut o'yinida "Fortuna Sittard" darvozasini ishg'ol qilgan hujumchi Chempionlar Ligasi yoki Evropa Ligasining birorta bahsida maydonda ko'rinish bergani yo'q. 19 yoshli futbolchiga Myunxenning «Bavariya» hamda Dortmundning «Borussiya» jamoalari qiziqish bildirishayotgandi. Ammo, u yakunda iyun oyida «Leyptsig» safiga borib qo'shildi.
Bilasizmi?
2009 yilda tashkil topgan klub, «Leyptsig» ilk bor 2016 yilda Bundesligaga chiqqan. O'shandan beri, ular Chempionlar Ligasida 4 marta qatnashishdi va bir mavsum Evropa Ligasida ham o'ynashdi.
Joriy mavsum "qizil buqalar" o'rin olgan kvartetda "Manchester Siti", PSJ hamda «Bryugge» jamoalari bor. Birinchi turda 3:6 hisobida «shaharliklar»ga imkoniyat boy berilgan bo'lsa ham, munosib qarshilik ko'rsatildi. Endi 2-turda ularni «Bryugge»ga qarshi uy o'yini kutib turibdi. Bahs 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanishi ko'zda tutilgan.
Manba: uefa.com
Bosh sahifaga
170