EChL. Ronaldusiz qolgan «Yuventus» musobaqadagi birinchi jiddiy sinovini ikki kundan keyin o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

«Yuventus» o'tgan mavsum 10 yillik gegemonlikdan keyin Italiyada «Inter»ga imkoniyatni boy berdi, Krishtianu Ronaldu jamoani tark etdi. Shu va boshqa ma'lumotlar bilan mazkur blogni kuzatish jarayonida tanishib olishingiz mumkin.
UEFA reytingi (2020/21 yakuni): 5
Qanday etib kelishdi: Italiyada 4-o'rin
O'tgan mavsum: nimchorak final (mehmondagi gol evaziga «Portu»ga mag'lubiyat)
Evrokuboklardagi eng yaxshi ishtirok: g'olib (1984/85, 1995/96)
Bosh murabbiy: Massimiliano Allegri
54 yoshli mutaxassis ikki yillik ta'tildan keyin yana «Yuventus»ga o'z missiyasiga ega bo'lgan holda qaytdi. U «Yuventus»ni Evropa Chempionlar Ligasining ikki mavsumida - 2015 hamda 2017 yilgi finalga qadar olib chiqqan, ammo ikkalasida ham mag'lubiyatga uchragandi. Endilikda undan bu ishni uddalash kutilmasa ham, turinliklarning oldingi mavqeiga qaytarish vazifasi bor.
Asosiy o'yinchi: Paulo Dibala
O'tgan mavsum Andrea Pirlo qo'lostida qiyin mavsum o'tkazganidan keyin 27 yoshli argentinalik Allegri boshqaruvida o'z darajasiga qaytishdan umidvor. Italiyalik mutaxassis Dibalaning imkoniyatlaridan qanday foydalanish biladi. Turin klubidagi ettinchi mavsumida harakat qilayotgan tezkor va chaqqon "La Joya" bu mavsum porlashi mumkin.
Yozgi eng katta xaridi: Manuel Lokatelli
23 yoshli chapaqay futbolchi yozda o'tkazilgan Evropa chempionatidagi Italiya termasi uchun ishonchli o'yinlari, xususan guruh bosqichida Shveytsariyaga urgan ikki goli bilan diqqat markaziga tushdi. Yaqin yillar ichida «Yuventus» yarim himoyasida bir qancha muammolarga duch kelayotgandi. «Sassuolo»ning sobiq a'zosi bunga echim bo'lishi mumkin.
O'yinini ko'rish kerak: Federiko Keza
Italiya bilan Evro chempionligi ta'mini tatib ko'rgandan keyin hujumkor yarim himoyachi o'zining ustida ishlash va rivojlanishni davom ettirish uchun harakat qiladi va «Yuventus»ning haqiqiy etakchisiga aylanadi.
Bilasizmi?
«Yuventus» Chempionlar Ligasidagi 1996 yildagi so'nggi chempionligidan keyin 5 marta finalda o'ynadi, ammo har safar musobaqadagi uchinchi sovrinini qo'lga kiritish uchun muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hech bir jamoa «Yuve»dek ko'p finalda mag'lub bo'lmagan — 7 marta.
Joriy mavsum «Yuventus» o'z guruhida «Chelsi», «Zenit» va «Malmyo» klublari bilan kurash olib boradi. Dastlabki turda Shvetsiyadan 3:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan Allegri jamoasi, 2-turda o'z maydonida «aristokratlar»ni qabul qiladi. Bahs 29 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanishi rejalashtirilgan.
Manba: uefa.com
Bosh sahifaga
193