A seriya. «Napoli» ketma-ket oltinchi g'alabaga erishdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

«Napoli» Italiya chempionatining joriy mavsumida g'alabali seriyani davom ettirmoqda. Luchano Spalleti jamoasi kecha oqshom o'z maydonida «Kalyari»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Neapollik safida gollarga Viktor Osimxen va Lorentso Insine (penalti) mualliflik qilishdi.
«Napoli» 18 ochko bilan A seriya jadvalini boshqarmoqda. Jamoa «Milan» va «Inter»ni 2 va 4 ochkoga ortda qoldirmoqda . «Kalyari» esa 2 ochko bilan 19-pog'onani band etgan.
Italiya A seriyasi, 6-tur
Napoli – Kalyari 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 11 Osimxen, 2:0 – 57, penalti Insine.
Napoli – Ospina, Di Lorentso, Rraxmani, Kulibali, Mariu Ruy, Zambo-Angissa, Fabian Ruis (Demme, 88), Zelinski (Elmaz, 69), Politano (Losano, 69), Osimxen (Petanya, 77), Insine (Unas, 77).
Kalyari – Krano, Valyukevich (Cheppitelli, 68), Godin, Kaseres, Dzappa, Nandes, Strotman (Grassi, 85), Deyola (Keyta Balde, 68), Marin, Likoyannis (Pereyro, 85), Joao Pedro.
Ogohlantirishlar: Valyukevich (59), Osimxen (66), Elmaz (76).

Bosh sahifaga
192