Bruno Fernandesh penaltidan foydalana olmagani haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

"MYu" futbolchisi Bruno Fernandesh kecha "Aston Villa"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida penaltidan foydalana olmagan edi.
Manba: futaa.com
"MYu" futbolchisi Bruno Fernandesh kecha "Aston Villa"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida penaltidan foydalana olmagan edi. U buning uchun klub muxlislaridan kechirim so'radi:
"Kecha hech kim mendan ko'ra umidsiz va xafa bo'lmagan bo'lsa kerak. Chunki men penaltidan foydalana olmadim va mag'lubiyatga sababchi bo'ldim. Men doimo o'z majburiyatlarimni bilganman va ularni zimmamga olganman. Men aynan mana shunday paytlarda bosim olishimni sezaman. Tanqid va qarshi fikrlar futbolning bir qismi sanaladi. Men bu narsalar bilan yashashni o'rgandim. Men qaysi jamoada bo'lmay, doimo maydonda borimni berishga harakat qilganman. Bu xato uchun hech qanday izoh va kechirimlar bo'lmasligini bilaman. Meni qo'llab turgan barchaga rahmat aytaman. Men keyingi o'yinga yaxshiroq bo'lib qaytaman".
"MYu"ning keyingi raqibi EChL doirasida "Vilyareal" klubi bo'ladi.

Bosh sahifaga
154