"Beshiktosh" Kariusga maosh bermayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3048

Transfer huquqi "Liverpul"ga tegishli bo'lgan darvozabon Loris Karius "Beshiktosh" klubida muammoga duch keldi.
25 yoshli posbonning agenti o'tgan oyda FIFAga arz qilib, turk klubi uning mijoziga to'rt oydan buyon maosh to'lamayotganini ma'lum qilgan. Bu 1 mln funtga yaqin summani tashkil qiladi.
FIFA vakili Kariusning arzi o'rganilayotganini tasdiqladi. "Beshiktosh" esa bu holatga izoh bermagan.
Nemis darvozaboni yozda "Liverpul"dan "Beshiktosh"ga ijaraga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182