Mbappe Neymardan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 448

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya chempionati 8-turidan o'rin olgan "Monpele"ga qarshi o'yinidan so'ng hujum chizig'idagi sherigi Neymarning harakatlaridan norozi bo'ldi.
RMC Sport nashri xabariga ko'ra, 88 - daqiqada zaxiraga olingan frantsuz hujumchisi yarim himoyachi Idris Guyega braziliyalikning maydondagi harakatlari haqida shikoyat qildi.
Neymar 88-daqiqada Yulian Drakslerning goliga assistni amalga oshirdi. Shundan so'ng, "U menga bunday o'zatma bermaydi", dedi Mbappe sherigiga.
Qayd etilishicha, Lionel Messining "PSJ"ga o'tishi bilan braziliyalik hujumchi va Mbappe o'rtasidagi maydondagi munosabatlar yomonlashgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
142