Frantsiyalik futbol yulduzi faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Frantsiyalik futbolchi Samir Nasri futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Bu haqda L'Équipe xabar berdi.
Unga ko'ra, «Manchester Siti», «Arsenal», «Marsel», «Anderlext» va boshqa jamoalarida to'p surgan yarim himoyachi 34 yoshida futbol yashil maydon bilan xayrlashdi.
Nasri faoliyatini yakunlashiga asosiy sabablardan biri sifatida doping iste'moli tufayli 18 oyga futboldan adolatsiz chetlatilganini aytib, futbolga bo'lgan munosabati o'zgarganini ta'kidladi.
Samir faoliyati davomida ikki marta Angliya chempionligini qo'lga kiritgan, bir martadan Angliya liga kubogi va Angliya superkubogi g'olibiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242