«MYu» EChL navbatdagi tur bahsi oldidan asosiy futbolchilaridan ayrilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

«Manchester Yunaed» klubi ustozi Sulsher klub futbolchilari Lyuk Shov hamda Harri Maguayr sog'lig'idan xavotirda. Ular «Aston Villa»ga qarshi o'yinda jarohat olgan. U bu haqda shunday deydi:
«Ming bor uzr, ammo men bu haqda sizlarga hozir biror nima deyishim qiyin. Biz har ikkala futbolchini tibbiy ko'rikdan o'tkazganimizdan keyin xuloslar beramiz. Hozircha esa kutishdan boshqa ilojimiz yo'q».
«MYu» keyingi bahsni o'z uyida «Vilyareal»ga qarshi o'tkazadi. Sulsherga bu o'yinda barcha asosiy o'yinchilari zarur bo'ladi. Negaki, EChL birinchi bahsini klub boy bergan edi. Bordiyu ushbu futbolchilar maydonga tushmaydigan bo'lsa, u holda norvegiyalik mutaxassis ularning o'rniga Diego Dalot va Viktor Lindelyofni tushirishi mumkin.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
256