«Milan» futbolchisi klub tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

«Milan» futbolchisi Daniel Maldini kecha «Spetsiya»ga gol uriish orqali «Milan» klubi tarixiga kirdi. Gap shundaki, Maldini bu goli orqali Italiyada chempionatida o'ynagan va gol urgan Maldinilar avlodining uchinchi vakiliga aylandi.
Daniel Maldini golidan 13 yil 179 kun oldin uning otasi so'nggi marta A seriyada (2008 yil «Atalanta»ga) gol urgandi. Danielning bobosi esa undan 60 yil 22 kun oldin o'zining chempionatdagi so'nggi golini(1961 yil «Kataniya»ga) kiritgan.
Shunday qilib, bir avlod vakillari «Milan» safida gol urishni davom etmoqda. Hozirda Daniel Maldinining bobosi Chezareda 3 ta gol, dadasi Paoloda 33 ta gol, o'zida esa 1 ta gol mavjud.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246