Ronaldu «Manchester Yunayted»ning APLdagi ilk mag'lubiyati borasida nima dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya premer-ligasining 6-turida o'rin olgan "Aston Villa"ga qarshi o'yin (0:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bu shunchaki mavsumning boshi. APL kabi kuchli chempionatda har bir ochko uchun kurashiladi. Biz bu mag'lubiyatga tezda reaktsiya ko'rsatishimiz, bor e'tiborimizni bir joyga to'plab, haqiqiy kuchimizni namoyish etishimiz kerak", – deya yozdi Ronaldu instagram orqali.
Ma'lumot o'rnida. 36 yoshli Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytganidan buyon ilk marta maydonni golsiz tark etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246