Boks. Harbiylar o'rtasidagi JChda 7 ta medal qo'lga kiritdik, shularning 3 tasi oltin!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

18-25 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar o'rtasida jahon chempionati tashkil etildi.
Musobaqada jahonning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi ishtirok etdi. Ular qatorida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishdi va 7 ta medal qo'lga kiritishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
+91 kg: Lazizbek Mullojonov
-75 kg: Mavluda Mavlonova
Kumush:
-64 kg: Mujibillo Tursunov
Bronza:
-51 kg: Aziza Yoqubova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Navbahor Hamidova
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250