Qilichbozlarimiz boshlangan xalqaro turnirda ikkita medalni qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Bugun Toshkent shahrida qilichbozlikning rapira yo'nalishi bo'yicha xalqaro musobaqa start oldi. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi taqvimidan o'rin olgan mazkur turnir rapira bo'yicha o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda MOQ hamda O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi kuzatuvchilari, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.
Musobaqada AQSh, Turkiya, Iroq, Filippin, Italiya, Boliviya, Eron, Qozog'iston, Belarus kabi davlatlardan tashrif buyurgan mohir rapirachilar bahs olib borishmoqda.
Reglamentga ko'ra, bugun erkaklar o'rtasida g'olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unga ko'ra, birinchi o'rin amerikalik Etan Gastnerga nasib etdi. Hamyurtlarimiz Muhammadyusuf Asranov va Ahmadilloxon Solihojiev esa bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
«Satellite» xalqaro turniri.
Rapira, erkaklar:
1. Etan Gastner (AQSh)
2. Uladislav Kurilovich (Belarus)
3. Muhammadyusuf Asranov (O'zbekiston)
3. Ahmadilloxon Solihojiev (O'zbekiston)
Ertaga ayollar o'rtasidagi bahslar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Bosh sahifaga
243