"Uni derbida ham jangga tashlash niyatimiz bor" — Mikel Arteta
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

"Arsenal" ustozi Mikel Arteta jamoa sardori Obameyangni derbiga tayyorligi haqida aytib o'tdi. O'yindan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida ispan mutaxassisi shunday deydi:
"Obameyang hozirda boshqa vaziyatda. Uning ahvoli unchalik ham yaxshi emasdi. Biz har doim ham futbolchilar holatiga e'tibor qaratib kelganmiz. Biz bir klub sifatida hammaning kayfiyati bir xil bo'lishini ta'minlashimiz kerak. Hozir u bilan hammasi joyida. O'ylashimcha, u "Byornli" bilan gol urmagan bo'lsa ham yaxshi chiqish qildi. Uni derbida ham jangga tashlash niyatimiz bor".
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" yakshanba kuni o'z maydonida "shporlar"ni qabul qiladi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259