«Barselona» rahbariyati Kumanga muhlat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman ayni dam barcha ijtimoiy tarmoqlarning bosh mavzusi bo'lib turibdi.
Marca xabariga ko'ra, Kataloniya klubi rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisga vaziyatni to'g'irlash uchun uchta o'yin bergan.
Agar «ko'k-anorranglilar» ko'rsatadigan natijalar FIFA kunlarigacha yaxshilanmasa, gollandiyalik mutaxassis katta ehtimol iste'foga chiqariladi.
«Barsa»ning yaqin muddatdagi raqiblari - «Levante» (26 sentyabr), «Benfika» (29 sentyabr) va «Atletiko» (3 oktyabr) kabi jamoalar bilan bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, Kuman jamoani 2020 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221