Futzal bo'yicha JCh. O'zbekiston bugun Eron bilan o'ynaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Futzal bo'yicha jahon chempionatida bugun nimchorak final bosqichi o'yinlariga yakun yasaladi. O'zbekiston terma jamoasi chorak final yo'llanmasi uchun Eronga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv Vilnyusdagi "Avia Solutions Group Arena"da bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanadi.
Bahsni evropalik hakamlar boshqarib borishadi. Xorvatiyalik Diego Molina va chexiyalik Ondrey Cherni maydonda ishlashadi. Vengriyalik Gabor Kovash va portugaliyalik Eduardo Fernandesh zaxira hakamlari etib tayinlangan.
O'yin "Sport" telekanalida jonli translyatsiya qilinadi.
O'zbekiston - Eron juftligi g'olibi chorak finalda Qozog'iston bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217