«Barselona» turk hujumchisi transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282

«Barselona» matbuot xizmati «Kayserispor»ning 17 yoshli hujumchisi Emre Demir transferini e'lon qildi. Transfer summasi 2 million evroni tashkil etdi. Yosh hujumchi joriy mavsumni «Kayserispor»da yakunlaydi va keyingi yozda «Barselona B»ga o'tadi.
Demir bilan shartnoma 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Hujumchi 15 yoshida «Kayserispor» safida debyut qilgan va Turkiya chempionati tarixidagi eng yosh to'purar hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248