"Milan" darvozaboni tizzasidan olgan jarohati sabab keyingi yilgacha safga qaytmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

"Milan" klubi darvozaboni Alessandro Plizzari tizzasidan olgan jarohati sabab operatsiya qilindi. Xabar qilinishicha, klubning uchinchi raqamli darvozaboni Plizzari uzoq vaqtdan buyon tizza jarohatidan qiynalib kelgan.
U hozirda tizzasidan jarrohlik amaliyotidan o'tkazildi. Shu sabab darvozabonning kamida yanvar oyiga qadar safga qaytmasligi ma'lum bo'ldi.
Klub bayonotida aytilishicha, uning tiklanishiga kamida uch oy zarur. 21 yoshli kiper "Milan"ning Mayk Maignan hamda Kiprian Tatarusanudan keyingi posboni edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273