Sobiq "Tottenxem" murabbiyi "Arsenal" hamda "shporlar" tarkibidan tuzilgan terma jamoaga faqat ikkita "kanonirlar" futbolchisini kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Tottenxem" klubining sobiq murabbiyi Tim Shervud fikriga ko'ra, ikki raqib, "shporlar" hamda "Arsenal" tarkibidan ramziy terma jamoa tuziladigan bo'lsa, unga to'pchilar tarkibidan faqat Kiran Tirni va Bukayo Saka kiritiladi, xolos. U bu haqda shunday deydi:
"Ramziy terma jamoa deganda faqat eng kuchililar nazarda tutiladi. Shunday ekan, unga Kiran Tirni kirgan bo'lardi. Obameyangni esa bilmadim. U anchadan beri o'z darajasidan tushib ketgan. Lekin bu ramziy jamoaning hujum chizig'i aniq Son hamda Keyn juftligidan iborat bo'lar edi. Bukayo Sakani ham qo'shgan bo'lardim. U o'zgacha iste'dod egasi. Rivojlanayotgan "Arsenal"dan boshqa hech kimni ola olmaymiz".
Eslatib o'tamiz, hafta yakunida "Tottenxem" "kanonirlar" maydoniga safar qiladi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
295