Mourino: «Roma» jim, lekin...»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino «Udineze»ga qarshi o'yin oldidan intervyu berdi.
«Biz o'yin oldidan ortiqcha hech narsani da'vo qilmayapmiz. Shunchaki har bir bahsda g'alaba qozonishni xohlaymiz.
Biz ayni paytda qayg'uni motivatsiyaga aylantirishimiz kerak, tushkunlikka tushib qolmaslik juda ham muhim. Jamoamiz faqat birgina uchrashuvda mag'lub bo'ldi.
Allaqachon ikki-uch uchrashuvda yutqazgan jamoalar mavjud. Hozircha «Roma» jim, lekin albatta, yigitlar o'z ambitsiyalarini namoyon etadi. G'alaba haqida ortiqcha o'ylab yubormaslik kerak. Eng yaqin uchrashuv natijasi muhim», - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212