O'zbekiston gandbolchilari jahon chempionatiga yo'l olishdi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Iordaniyada gandbol bo'yicha ayollar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida 5-8 o'rinlar uchun o'yinlar o'tkazilmoqda.
Musobaqa doirasida O'zbekiston terma jamoasi qizlari mezbon Iordaniyaga qarshi o'yin o'tkazishdi va 34:26 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu g'alaba orqali qizlarimiz Osiyo chempionatida kuchli oltilikdan o'rin olishdi va jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqishdi.
Endi jahon chempionati 1-19 dekabr kunlari Ispaniyada o'tkaziladi.
Ma'lumot uchun, shu paytgacha jahon chempionatida 24 ta terma jamoa ishtirok etardi. Bu yildan boshlab esa jahon birinchiligida 32 ta terma jamoa ishtirok etadigan bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247