Jahon chempioni Xitoy klubini tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Italiyaning sobiq himoyachisi, jahon chempioni va Evro finalchisi Fabio Kannavaro Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubini tark etdi. Bu haqda Xitoy matbuoti xabar bermoqda.
Tomonlar o'zaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qilishdi.
Qayd etilishicha, «Guanchjou» moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Shu bilan birga, mish-mishlardan farqli o'laroq, jamoa chempionatdan chiqarib yuborilmaydi.
Ma'lumot uchun, «Guanchjou Evergrand» 7 karra Xitoy chempioni hisoblanadi. Fabio esa murabbiylik faoliyatini qaerda davom ettirishi noma'lum.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215