«Tottenhem»ning sobiq futbolchisi «Everton»ga kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

«Everton» himoyachi Serj Ore bilan shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar beradi Liverpool Echo. Manbaga ko'ra, liverpulliklar yaqin kelajakda futbolchiga taklif yuborishi mumkin.
Ma'lum bo'lishicha, «Everton» bosh murabbiyi Rafael Benites jamoaning himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Qolaversa, klub himoyachining APLdagi tajribasini yuqori baholaydi.
Eslatib o'tamiz, Orening oxirgi klubi «Tottenhem» edi. «Shporlar» tarkibida u 2017 yildan 2021 yilgacha o'ynagan. Bu vaqt mobaynida u barcha turnirlarda 110 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239