Varan «MYu»ning asosiy tayanchi bo'lgan futbolchining jamoada qolishiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Rafael Varan o'z vatandosh Pol Pogbaning joriy mavsum yakuniga etgach, jamoani tark etmasligiga umid qilmoqda.
Pogbaning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi keyingi yozgacha mo'ljallangan. Tomonlar o'zaro hamkorlikni uzaytirish borasida hali kelisha olishmagan.
"Uning kelajagi haqidagi qarorni albatta uning qabul qilishi aniq, lekin u men bilan klubda qolishi kerak. Pol - fantastik futbolchi, bizga va jamoamiz u kabi futbolchiga muhtoj», - deydi Varan.
Premer-ligada yangi mavsum davomida Pogba ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Frantsiyalik yarimhimoyachi 5 ta o'yin o'tkazib, 7 ta (!) assistni amalga oshirdi.
Manba:Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239