A seriya. «Yuventus» mavsumdagi ilk g'alabasini qiyinchilik bilan qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

«Yuventus» Italiya chempionatining 5-turi doirasida «Spetsiya» klubi mehmoni bo'lib, juda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.
Turinliklar Moyze Kinning goli evaziga hisobni ochishgandi, ammo mezbonlar ikkita gol urib, oldinga o'tib olishdi. Massimiliano Allegri jamoasi ikkinchi bo'lim o'rtalarida Federiko Keza va Matteys de Ligt gollari evaziga g'alabani o'z tomoniga og'dirdi.
Shu tariqa, "keksa sinora" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Bungacha «Yuve» «Empoli» (0:1) va «Napoli» (1:2)ga yutqazib, «Udineze» (2:2) va «Milan» (1:1) bilan durang o'ynagan edi.
«Yuventus» keyingi turda «Sampdoriya» bilan to'qnash keladi.
Italiya A seriyasi, 5-tur
Spetsiya – Yuventus 2:3 (1:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 28 Kin, 1:1 – 33 Jasi, 2:1 – 49 Antist, 2:2 – 66 Keza, 2:3 – 72 de Ligt.
Spetsiya – Zut, Amyan, Nikolau, Xristov, Bastoni, Ferrer, Burabiya (Sala, 77), MaJore (Salsedo, 85), Jasi, Verde (Manay, 77), Antist (Nzola, 77).
Yuventus – Shchensni, Danilo, Bonuchchi, de Ligt, De Shilo (Aleks Sandro, 46), Rabo (Bernardeski, 67), Bentankur (Lokatelli, 46), Makkenni, Keza (Kulusevski, 84), Dibala, Kin (Morata, 59).
Ogohlantirishlar: Nikolau (85), Morata (90), Nzola (90).

Bosh sahifaga
225