Mendi «Siti» bilan bahsda maydonga tushadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

«Chelsi» asosiy darvozaboni Eduar Mendi Angliya Premer-ligasining 6-turi doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Afrikalik kiper Chempionlar ligasining «Zenit»ga qarshi bahsida (1:0) jarohat oldi va London derbisini o'tkazib yuborgan edi (3:0). Natijada, Eduar bugun «Aston Villa» bilan Liga Kubogi o'yinida maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, «Chelsi» 25 sentyabr, shanba kuni «Stemford Brij»da «Manchester Siti»ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245