Neresga yana bir xaridor paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

«Ayaks» hujumchisi David Neres Londonning «Arsenal» klubi qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda Todofichajes xabar beradi.
Manbaning ta'kidlashicha, braziliyalik futbolchi APLga o'tishga rozi bo'lgan. «Ayaks» o'z futbolchisi uchun 20 million evro miqdorida tovon puli talab qilishi kutilmoqda. Neresning Amsterdam jamoasi bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Ma'lumot uchun, yangi mavsum boshida Gollandiya chempionatida Neres beshta o'yin o'tkazib, ularda 2 gol urdi va bir marta o'z sherigiga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245