Eto'O Kamerun futbol federatsiyasini boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

«Barselona, «Inter» klubari sobiq hujumchisi Samuel Eto'O Kamerun futbol federatsiyasini boshqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda uning o'zi Tvitter orqali xabar tarqatdi.
Eto'O ushbu qarorga "Kamerunga va mamlakat futboliga bo'lgan muhabbat" tufayli kelganini ta'kidladi.
Kamerun futbol federatsiyasi prezidentligi uchun saylov 11 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Samuel Eto'O futbolchilik faoliyati davomida Afrikannig 4 karra eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan. Shuningdek, u Kamerun terma jamoasining eng yaxshi to'purari hisoblanadi (118ta o'yinda 56ta gol).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169