"Tottenxem" Shimoliy London derbisida asosiy tarkib futbolchisidan foydalana olmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Tottenxem" futbolchisi Stiven Bergvin "Arsenal"ga qarshi kechadigan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi uzoq muddatdan beri to'pig'idagi jarohatdan qiynalib kelmoqda.
U Konferensiyalar ligasida "Renn"ga qarshi bahsda ushbu jarohatni orttirib olgan edi. Jamoa ustozi ham Stivni jarohat olganini tasdiqladi. 23 yoshli futbolchi "shporlar"ning dastlabki uchta g'alabali seriyasida maydonga tushgan.
Keyingi "Kristal Pelas" hamda "Chelsi"ga qarshi uchralgan yirik mag'lubiyatlarda esa jarohati sabab zahirada qoldirilgan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219