«Bayer» futbolchisi uchun 100 mln talab qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

«Bavariya» skautlari «Bayer»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Florian Virtsni kuzatishmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, myunxenliklar keyingi transfer oynalarida yosh futbolchini sotib olishni ustuvor vazifa deb bilishadi.
Ammo, Bayer hali Virtsni qo'yib yuborishga tayyor emas. Sport 1 nashri klub 2023 yilning yozigacha o'yinchi borasidagi takliflarni ko'rib chiqmasligiga ishontirmoqda. Shundagina «farmatsevtlar» muzokaraga rozi bo'lishadi.
Shunga qaramay, «Bayer» yosh iqtidor transferi uchun kamida 100 mln evroga sotushni rejalashtirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266