Zidan «PSJ»ni boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

«PSJ» rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga Zayniddin Zidanni taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqda.
"El Chiringuito TV" tarqatgan xabarga ko'ra, parijliklar Maurisio Pochettinoni iste'foga chiqarishsa, bosh murabbiylikka frantsiyalik mutaxassis asosiy nomzod hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Zidan 2021 yilning may oyida «Real»ni tark etgandi. Shundan buyon u ishsiz yuribdi.
Ma'lumot o'rnida. Zidan Marsel shahrida tug'ilgan. «PSJ» va «Marsel» o'rtasidagi o'yin Frantsiyadagi muhim derbilardan biri hisoblanadi va unga «Le klassiko» nomini berishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255