OFK «Nasaf» - «Mohun Bagan» o'yiniga muxlislar kirishiga ruxsat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Ertaga, 22 sentyabr kuni Qarshining «Nasaf» klubi OFK kubogi-2021 hududlararo yarim final uchrashuvida Hindistonning “Mohun Bagan” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur uchrashuvga muxlislar tashrif buyurishiga ruxsat berdi. Faqat futbol ishqibozlaridan o'yin kuni stadionda karantin qoidalariga jiddiy rioya qilish, ijtimoiy masofani saqlash va tibbiy niqobni echmaslik talab etiladi.
«Nasaf» – “Mohun Bagan” uchrashuvi 22 sentyabr kuni Qarshidagi «Markaziy» stadionda bo'lib o'tadi. O'yin soat 20:00 da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248