Ertaga O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 827

O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida "China Cup" musobaqasida qatnashishi haqida ma'lumot berib o'tgandik. Mazkur musobaqaga jo'nab ketish oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjuman ertaga 14 mart kuni soat 15:00da O'FA anjumanlar zalida boshlanadi. Matbuot anjumanida "China Cup" xalqaro musobaqasida ishtirok etadigan O'zbekiston milliy terma jamoasining tarkibi e'lon qilinadi. Matbuot anjumaniga barcha turdagi OAV xodimlari taklif etiladi. Eslatib o'tamiz, "China Cup" musobaqasi 21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat bo'ladi. "China Cup" xalqaro musobaqasi 21 mart Xitoy - Tayland 22 mart O'zbekiston - Urugvay 25 mart 3-o'rin uchun bahs
25 mart Final
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231