Yosh xokkeychimiz Rossiya chempionatida muvaffaqiyatli start oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Xokkey bo'yicha 13 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida Rossiya chempionatida qatnashayotgan Salohiddin Azimov «SKA Yunost» jamoasi bilan ilk muvaffaqiyatga erishdi.
Ushbu yosh toifasidagi Rossiya birinchiligining ilk turida ekaterinburglik kichik shayba ustalari «Zaryad» jamoasi bilan o'ynadi va yirik 17:1 hisobida g'alaba qozondi. Unda maydonga tushgan hamyurtimiz Gordi Xou xet-trigini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Ya'ni, Azimov o'tgan o'yinda gol+assist+2 daqiqalik jarimani (raqibi bilan mushtlashib, uni mag'lub etgani uchun) o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Keyingi uchrashuv Ufaning «Salavat Yulaev» yoshlariga qarshi kechadi. Bo'lajak bahslarda ham yosh xokkeychimizga omad tilab qolamiz.
Manba: @OlympicUzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279