Isko Frantsiya grandi tarkibiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

«Real» yarim himoyachisi Isko faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Fichajes. Manbaga ko'ra, «Lion» futbolchiga qiziqish bildirmoqda va yanvar oyida Madrid klubiga taklif bilan chiqadi.
Avvalroq, Isko «Yuventus» va «Milan» qiziqishlari doirasiga kirgani haqida xabar berilgandi. Ispaniyalikning «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Eslatib o'tamiz, Isko 2013 yilda «Malaga»dan 30 million evro evaziga «Real» futbolchisiga aylangandi. Bu mavsumda u La Ligada 4 o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275