Spinatstsola: «Men 75 kundan keyin qaytaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Italiya va «Roma» himoyachisi Leonardo Spinatstsola jarohatidan tiklanishi haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, italiyalik Belgiya bilan Evropa chempionatining chorak finalida tovonidan jarohat olib, maydonni zambilda tark etishga majbur bo'lgandi.
«Men allaqachon qo'ltiq tayoqchalardan qutuldim. Hammasi yaxshi ketmoqda, chunki men ko'p mehnat qildim. Agar hammasi yaxshi ketsa, men 75 kundan keyin maydonga qaytaman », - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Football Italia.
Eslatib o'tamiz, Spinatstsola Italiya terma jamoasining Evro-2020dagi eng yaxshi futbolchilaridan biri edi. U ikki marta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi, lekin jarohati tufayli yarim final va finalda qatnasha olmadi.

Bosh sahifaga
268